Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.03.2017 13:54 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda ITF taqvimidan joy olgan nufuzli musobaqa boshlandi

Poytaxtimizda ITF taqvimidan joy olgan nufuzli musobaqa boshlandi Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimidan joy olgan o‘smirlar hamda qizlar o‘rtasidagi nufuzli turnir boshlandi.

An’anaviy musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, Kipr, Belarus, Janubiy Afrika Respublikasi, Chexiya, Ruminiya, Qozog‘iston, Pokiston, Qirg‘iziston, Tailand, Suriya, Ukraina, Isroil, Latviya, Slovakiya hamda Bolgariyadan kelgan tennischilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqaning asosiy to‘r bahslari birinchi davrasida mamlakatimiz vakillari Olimjon Nabiyev belaruslik Martin Borisiouk, Odil Karimov qirg‘izistonlik Namozbek Dushembiyev, Temur Sottimov qozog‘istonlik Dostonbek Toshbo‘latov, Azizxon Turg‘unov ukrainalik Aleksandr Brayninga qarshi kortga chiqadi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda yosh tennischilarimizdan Milana Maslenkova rossiyalik Varvara Kuksina, Kamola Umarova rossiyalik Vlada Koval, Yasmina Karimjonova rossiyalik Aisha Kukushkina, Olesya Kim rossiyalik Anastasiya Suxotina, Laylo Bahodirova rossiyalik Mariya Solnushkina, Valentina Shleyn ukrainalik Viktoriya Petrenko bilan kuch sinashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
313






Все о погоде - Pogoda.uz