Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.11.2017 17:57 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi

Poytaxtimizda erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz sport kurashlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yuzga yaqin sportchi o‘n vazn toifasida g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

Mahmud Shavkatov, Siroj Hasanov, Artyom Presyajnyuk, Shahrizod Nosirov, Bahodir Aslonov, Abbos Rahmonov, Mirzo Hayitov, Rashid Qurbonov, Azizbek Soliyev, Hasanboy Rahimov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

10 (1).jpg

– O‘zbekiston kubogida g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi navoiylik sportchi H.Rahimov. – Musobaqaning xar bir bahsi kuchli bellashuvlarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, Toshkent, Buxoro va Samarqand polvonlari yuksak tajribaga egaligini ko‘rsatdi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
3 427






Все о погоде - Pogoda.uz