Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2017 12:02 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan sportchi qizlarimizni nufuzli musobaqalarga, jumladan, shu yilning 18-19-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan "Happy Saravan" an’anaviy xalqaro turniriga puxta tayyorlash maqsadida tashkil etilgan chempionatda 150 dan ziyod gimnastikachi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Musobaqaning sport ustalari o‘rtasidagi shaxsiy ko‘pkurash bahslarida samarqandlik Nuriniso Usmonova 67,5 ball jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Poytaxtlik Sabina Toshkenboyeva 65,25 ball bilan ikkinchi, samarqandlik Shahzoda G‘ulomova 60,25 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘smir-qizlar o‘rtasidagi bahslarda poytaxtlik Diyora Burhonxo‘jayevaning chiqishi hakamlar tomonidan yuqori baholandi (62,4 ball). Toshkentlik yana bir sportchi Lola Zokirova kumush, samarqandlik Taxmina Ikromova bronza medal bilan taqdirlandi.

Guruhlar o‘rtasidagi ko‘pkurash bahslarida 43,15 ball to‘plagan O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Chilonzor tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi gimnastikachilari 31,25 ball bilan ikkinchi, Buxoro shahri sportchilari 30,5 ball bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Umumjamoa hisobida Toshkent, Samarqand va Buxoro gimnastikachilari kuchli uchlikdan joy oldi.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
2 071






Все о погоде - Pogoda.uz