Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.04.2017 12:01 Chop etish versiyasi

Poytaxt sharafini 85 o‘g‘il-qiz himoya qiladi

“Barkamol avlod” musobaqalarining bu yilgi final bosqichi Jizzax viloyatida o‘tkaziladi. Ushbu sport bayramida poytaxtimizdan 16 sport turi bo‘yicha 85 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.

“Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlari sportning o‘n yetti turi –engil atletika, badiiy gimnastika, futbol, basketbol, gandbol, voleybol, erkin va yunon-rum kurashlari, suzish, boks, og‘ir atletika, dzyudo, stol tennisi, tennis, badminton, shaxmat va taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkaziladi.

Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, “Barkamol avlod – 2017” final bosqichida tuman, shahar va mintaqaviy miqyosda o‘tkazilgan saralash musobaqalarida o‘z mahoratini namoyon etgan 85 nafar yosh sportchi poytaxt sharafini himoya qiladi.

Nufuzli sport anjumanining yakuniy bosqichida musobaqalar dasturidan o‘rin olgan sport turlari bo‘yicha poytaxtimiz terma jamoasi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi akademik litsey, Mirzo Ulug‘bek informatika kasb-hunar kolleji, Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey va turli kollejlarda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlardan tashkil topgan.

– “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlariga yoshlarimiz puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda, – deydi basketbol bo‘yicha Toshkent shahar terma jamoasi murabbiyi Yuriy Salmov. – Ishonamizki, hal qiluvchi final musobaqalarida ham vakillarimiz yuqori pog‘onalarni egallaydi.

Tennis bahslarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2-akademik litsey o‘quvchisi Kamola Umarova qatnashadi.

– “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarida ishtirok etish har bir yosh sportchining hayotida unutilmas voqeadir, – deydi K.Umarova. – Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilganmiz. Bu musobaqa bizni kelgusida xalqaro maydondagi yirik sport anjumanlarida ham munosib qatnashishimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 427






Все о погоде - Pogoda.uz