O‘zA O`zbek

02.03.2018 22:16 Chop etish versiyasi

“Paxtakor” o‘z maydonida g‘alaba qozondi

“Paxtakor” o‘z maydonida g‘alaba qozondi Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati Superligasida 1-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

1.JPG

Musobaqaning kechagi uchrashuvlarida Navoiy shahrida "Qizilqum" va Toshkentning "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi 0:3 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Farg‘onada o‘tkazilgan "Neftchi" va "Nasaf" klublar o‘rtaisdagi o‘yinda hisob ochilmadi.

Bugun, 2-mart kuni “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni 2:0 hisobida yengdi. Mazkur uchrashuvda Sherzod A’zamov va Ismoil Gonsalvesh raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

3.JPG

4.JPG

Ertaga, 3-mart kuni “Buxoro» – “Qo‘qon-1912” va “Bunyodkor” – “AGMK” jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda O‘zbekiston Superligasida o‘n ikkita jamoa ishtirok etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
5 212