Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.06.2018 13:11 Chop etish versiyasi

Paralimpiyachilarimiz dunyoni yana bir karra hayratlantirdilar

Germaniyadan ikkitadan oltin va kumush, oltita bronza, yana ikkita jahon va yettita Osiyo rekordi...

Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan suzish bo‘yicha Jahon seriyasiga kiruvchi xalqaro musobaqada sportchilarimiz o‘nta medal qo‘lga kiritishdi.

67ta davlatdan olti yuzga yaqin ishtirokchilar orasida bahslarga kirishgan besh nafar sportchimiz yakunda ikkitadan oltin va kumush, oltita bronza, jami o‘nta medalni qo‘lga kiritishdi.

E’tiborli jihati, vakillarimiz ikkita jahon va yettita Osiyo rekordlarini yangilashdi.

G‘olib va sovrindor sportchilarimiz bilan tanishing:

Islom ASLANOV:

50 m. krol – oltin, Osiyo rekordi

100 m krol – oltin, Osiyo rekordi

50 m batterflyay – bronza, Osiyo rekordi

100 m batterflyay – bronza, Osiye rekordi

Dmitriy XORLIN:

800 m erkin usulda – kumush, Jahon rekordi

200 m. kompleks – bronza, Osiyo rekordi

Muzaffar TURSUNXO‘JAYEV:


200 m batterflyay – bronza, Osiyo rekordi

50 m krol – bronza


Firdavsbek MUSABЕKOV:

50 m brass - kumush, Jahon rekordi

200 m brass - bronza, Osiyo rekordi.

Oybek Yunusov

O'zA
1 122