Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 20:00 Chop etish versiyasi

Paralimpiyachilar musobaqasi

1 (3).jpg

Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan taniqli estrada va kino yulduzlari hamda paralimpiyachilar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha "Paralimpiya kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada ellikka yaqin san’atkor va 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqaning finalida Dilshod Qurbonov va Izzat Hamroyev uchrashdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan mazkur o‘yinda iste’dodli paralimpiyachimiz D.Qurbonov zafar quchib, "Paralimpiya kubogi" sohibiga aylandi. Izzat Hamroyev ikkinchi, Tolibjon Mo‘minov esa uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
304






Все о погоде - Pogoda.uz