— Ot sporti bilan turli jismoniy tayyorgarlikdagilar — xoh u maktab yoshigacha bo‘lgan bolakay, xoh u yoshi katta odamlar birdek shug‘ullanishi mumkin, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi G‘ayrat Nazarov.

— Ot sporti bilan turli jismoniy tayyorgarlikdagilar — xoh u maktab yoshigacha bo‘lgan bolakay, xoh u yoshi katta odamlar birdek shug‘ullanishi mumkin, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi G‘ayrat Nazarov. — Ot sporti insonning ruhiy holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, barcha mushaklar harakatga kelib, qomat ko‘rkamlashadi, organizmdagi ortiqcha yog‘lar parchalandi. Bu esa insonning yurish-turishi, xatti-harakatlarida ham yaqqol sezila boshlaydi. Mazkur sport turi tobora ommalashib borayotganing boisi ham shunda.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining ma’lum qilishicha, Respublika olimpiya zaxiralari qoshidagi ot sporti maktabi faoliyat yuritadi. Sport maktabi asoschisi Akmal Sharipov bbu yerga kelgan sayohatchilarga har bir ot haqida, ularning o‘ziga xosliklari va ot sportining tarixi haqida so‘zlab berdi. Marta laqabli ot «salomlashish» va «ta’zim qilish» mahoratini namoyon etadi.

Asosiysi har kim o‘ziga yoqqan otni minib ko‘rishi, katta otlardan bir oz hayiqanlar esa ponilarda maydonni sayr qilishlari mumkin. Ot minishda bolalarga maktab treneri Karim Madonov, ot sporti maktab tarbiyalanuvchilari Shahlo Jo‘rayeva va Yekaterina Smislova yaqindan ko‘maklashadi.

Murabbiylarning aytishicha, bu maktabda imkoniyati cheklangan bolalar ham ot sporti bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratildi. Imkoniyati cheklangan bolalar, shu jumladan, miya falajidan jabr ko‘rayotgan yoshlar ham mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Bilasiz, bu kasalikka chalinganlar o‘z tanalarini mustaqil boshqara olmaydilar. Buni qarangki, egarga chiqqan bunday bolakaylarda ijobiy tomonga o‘zgarish kuzatilib, ot ustida erkin harakatlana boshlamoqdalar.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ot sporti ommalashmoqda. Chunki...