Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 13:06 Chop etish versiyasi

Osiyo o‘yinlari muvaffaqiyatli boshlandi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining dastlabki bahslarida terma jamoamiz a’zolari 2 oltin, 3 kumush va 8 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Turkman kurashi bo‘yicha o‘tgan bahslarda 75 kilogramm vazn toifasida Ilhomjon Mashrabov finalda turkmanistonlik O‘rozmamet Velmamedovni mag‘lubiyatga uchratdi.

90 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Obidali Mavlonov final bahsida Ovozgeldi Berdiyevni yirik hisobda yengib, terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolaridan Shahzoda Ergasheva, Gulxumoroy Dadaboyeva hamda Gulmira Ismatova finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, o‘z vazn toifalarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Turkman kurashi bo‘yicha Islomjon Qo‘ldoshev, Fayzulla Ummatov, Abdurasul Habibullayev, Shahobiddin Sangilov, Eldor Ne’matov, Manzuroy Mo‘ydinova, Dilafruz Mamadjonova, ju-jitsu bo‘yicha Suhrob Usmonov o‘z vazn toifalarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi hozircha 13 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Javoxir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 073






Все о погоде - Pogoda.uz