Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 19:44 Chop etish versiyasi

Osiyo kubogi sportchilarimizda

Samarqand eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi va parakanoe bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari yakunlandi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston sportchilari ishtirok etgan musobaqalar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, vakillarimiz barcha turlarda yuksak mahorat ko‘rsatib, yuqori natijalarga erishdi.

1000 metrga to‘rt kishilik kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qilgan A.Tropin, U.Ibrohimov, V.Gorn va Sh.Mahkamov to‘rtligi, baydarkada N.To‘xtasin o‘g‘li, S.Tojiyev, G.Kochnev va S.Mirbekov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda ham yurtimiz sportchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kattalar o‘rtasida kanoeda 500 metrga eshkak eshishda A.Mochalov, ayollar o‘rtasida Ye.Shubina, o‘smirlardan A.German, qizlardan D.Mishina birinchi o‘rinni egalladi. Shu masofada musobaqalashgan baydarkachilarimiz G.Kochnev, N.Zokirova, S.Inog‘omov va G.Fayziyeva ham o‘z guruhlarida birinchi bo‘ldi.

Musobaqaning 200, 500 va 1000 metr masofaga eshkak eshish bellashuvlarida o‘zbekistonlik sportchilar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Shu tariqa vakillarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab, Osiyo kubogini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar Samarqandning diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
1 892






Все о погоде - Pogoda.uz