Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.09.2017 15:55 Chop etish versiyasi

Osiyo chempionatida sportchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashmoqda

Osiyo chempionatida sportchilarimiz muvaffaqiyatli qatnashmoqda Poytaxtimizda suv sporti turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatining sinxron suzish bahslarida sportchilarimiz ikkita kumush va bir bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning solo yo‘nalishidagi bahslarida Nafisa Shomirzayeva kumush, Viktoriya Nushtayeva esa bronza medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Viktoriya majburiy dastur yo‘nalishida ham shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy egalladi.

Suv polosi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tgan musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
2 424






Все о погоде - Pogoda.uz