Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.11.2017 14:52 Chop etish versiyasi

Osiyo chempionati yakunlandi

Osiyo chempionati yakunlandi Poytaxtimizda qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 oltin, 7 kumush va 13 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi va Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada qit’amizning o‘n beshga yaqin davlatidan yuzdan ortiq sportchi ishtirok etdi.

25.jpg

– O‘zbekiston yirik sport anjumanlarini yuqori saviyada tashkil etishda boy tajribaga ega ekani xalqaro sport jamoatchiligiga yaxshi ma’lum, – deydi Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov. – Mamlakatingizda sportchilar uchun yaratilgan keng sharoitga juda havasim keldi. Mana shu mahobatli “O‘zbekiston” sport majmuasi misolida ham mamlakatingizda ommaviy sport rivojiga nechog‘lik yuksak e’tibor qaratilayotganini ko‘rish mumkin.

Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omili bo‘lgan sportni rivojlantirish va ommalashtirish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun keng shart-sharoit yaratishga qaratilayotgan e’tibor samarasida o‘g‘il-qizlarimizning salomatligi mustahkamlanib, xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishilmoqda.

10.jpg

«O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qilgan Osiyo ochiq chempionatida terma jamoamiz a’zolarining muvaffaqiyatli ishtiroki ham buning dalilidir.

Chempionat bahslarida Ramazon Temirov, Olimjon Normurodov, Muhiddin Mamajonov, Jahongir Jumayev va Botirbek Xo‘jabekov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

9.jpg

Shuningdek, Husniddin Sattorov, G‘iyosiddin Jamoliddinov, Elbek Eshmurodov, Salohiddin Ibrohimov, Ilg‘or Asadov kumush, Shahboz Tursunov, Ravshan Abdulazizov, Alpomish Qurbonnazarov, Eldor Sulaymonov, Hasan Bozorov, Bahrom Mahmudov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Zarina Olimjonova, Maftuna Quvondiqova, Shohida Rahimova, Shahnoza Nizomova, Madina Ergasheva o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Terma jamoamiz a’zolaridan Nozima Umarova hamda Robiya Qo‘chqorova ikkinchi, Maftuna Yodgorova, Sevara Mardonova, Hilola Karimova, Dilafruz Tursunboyeva, Maftuna Esonova, Zilola Teshayeva va Nataliya Qodirova uchinchi o‘rindan joy oldi.

Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
1 257






Все о погоде - Pogoda.uz