Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Mash’al” bolalar oromgohida “Sog‘lom turmush – hayotimiz poydevori” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada oromgohda dam olayotgan bolalar shashka, suzish, stol tennisi, yugurish, uzoq masofaga sakrash, asfaltga rasm chizish bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va yuksak intellektual salohiyatli insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Oromgohlarda bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad yoshlarda sog‘lom turmush tarzini bolalikdan shakllantirishga qaratilgan, – deydi Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Nurmatova. – Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish avvalo, kelajagimizga ko‘rsatilayotgan alohida g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir. Zero, sog‘lom farzand – sog‘lom oilada ulg‘ayadi, sog‘lom muhit – sog‘lom jamiyat asosi ekani allaqachon o‘z isbotini topgan.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Oromgohda dam olayotgan bolalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchada katta taassurot qoldirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oromgohda sport bayrami