Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2017 13:13 Chop etish versiyasi

Oltinchi tur natijalari

Oltinchi tur natijalari O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining oltinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o‘z maydonida "Nasaf" klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Marat Bikmayevning dubli "temiryo‘lchilar"ga g‘alaba keltirdi.

Beshinchi turda "Lokomotiv"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan "Sho‘rtan" klubi bu safar "Paxtakor" darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, yirik hisobdagi g‘alabani nishonladi. Poytaxtliklar darvozasiga Igor Taran ikkita, G‘ulom Rahmonov bitta gol kiritdi.

"Dinamo" jamoasi o‘z maydonida "Buxoro"ni 3:1 hisobida yenggan bo‘lsa, "Bunyodkor" safarda "Neftchi"dan 2:1 hisobida ustun keldi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: "Qizilqum" – "So‘g‘diyona" 1:1, "Mash’al" – "Qo‘qon-1912" 1:1, "Obod" – "Olmaliq" 0:1, "Metallurg" – "Navbahor" 0:0.

Bayram Aytmurodov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
2 143






Все о погоде - Pogoda.uz