Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.11.2017 17:54 Chop etish versiyasi

Olmaliq qizlari turnir peshqadami

Olmaliq qizlari turnir peshqadami O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuida qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha mamlakat chempionatining 4-davra o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

13.jpg

Bellashuvlarda “OTMK” (Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati), “Andijon OZK” (Andijon olimpiya zaxiralari kolleji), “G‘uzor” (Qashqadaryo viloyati), “Nukus” (Nukus shahri), “Bulung‘ur” (Samarqand viloyati), “Toshkent” (Toshkent shahar terma jamoasi) jamoalari qatnashdi. Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, Olmaliq vakillari barcha raqibalarini yengib, turnir peshqadamiga aylandi. Keyingi o‘rinlar Andijon va G‘uzor vakillariga nasib etdi.

Muhammad Amin (surat), O‘zA
8 625