Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 12:13 Chop etish versiyasi

"Olmaliq" – O‘zbekiston kubogi sohibi

"Olmaliq" – O‘zbekiston kubogi sohibi Poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tkazilgan futzal bo‘yicha XXI O‘zbekiston kubogining final uchrashuvida "Ardus" va "Olmaliq" jamoalari o‘zaro bahslashdi.

Musobaqaning yarim finalida mamlakat kubogining amaldagi sohibi – “Ardus” "Metallurg" klubini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. “Olmaliq” esa "Do‘stlik-AIN" jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Hal qiluvchi bahs kutilganidek murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Uchrashuvda "Olmaliq" jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylandi. Jamoaga g‘alaba keltirgan gollarga Sirojiddin Mahmudov, Jamoliddin Sharipov va Artur Yunusov mualliflik qildi.

Bayram Aytmurodov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
997






Все о погоде - Pogoda.uz