Buyuk Britaniyaning London shahrida davom etayotgan yengil atletika bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasidagi jahon chempionatida vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashmoqda.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, nufuzli musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Aleksandr Svechnikov 71,01 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon rekordini yangiladi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda Nozima Qayumova 41,25 metr natija qayd etib, kumush medal bilan taqdirlandi.

Avval xabar berganimizdek, chempionatning disk otish bahslarida Husniddin Norbekov 54,73 metr natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Soliyev 7,18 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo rekordini o‘rnatgan edi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik sportchi jahon rekordini yangiladi