Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.03.2017 11:51 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirda to‘rtta medalga sazovor bo‘ldi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Boku shahrida o‘tkazilgan "Buyuk ipak yo‘li – 2017" xalqaro turnirida bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

49 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan iste’dodli bokschimiz Mironshoh Ibrohimov ozarbayjonlik Yodgor Aliyev va qozog‘istonlik Asxat Jusupovni yengib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mironshoh finalda eronlik bokschi Umid Ahmadsafo ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro turnirda Fazliddin Meliboyev kumush, Iqboljon Xoldorov va Sardor Begaliyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 127






Все о погоде - Pogoda.uz