O‘zbekistonlik bokschilar Sankt-Peterburg gubernatori kubogi uchun o‘tkazilgan musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Dinamo” sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqada 75 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida mezbon bokschilar T.Kaziyev va Ya.Zubernini mag‘lubiyatga uchratgan yurtdoshimiz Isroil Madrimov finalga yo‘llanma oldi.

Isroil final bahsida yana bir rus bokschisi Igor Ivanchenkoga qarshi ringga ko‘tarildi. Bokschimiz bellashuvda raqibini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, I.Madrimov musobaqaning eng yaxshi bokschisi, deya e’tirof etildi.

Nufuzli musobaqada 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Shunqor Abdurasulov ham rossiyalik bokschilar L.Xasaya, T.Izlyan va R.Batmanovni yengib, terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Vazni 91 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda yurtdoshiimiz Sanjar Tursunov finalga qadar barcha raqiblari ustidan zafar quchdi va kumush medal qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 2 oltin va 1 kumush medal jamg‘arib, Sankt-Peterburg gubernatori kubogi sohibiga aylandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik bokschilar Sankt-Peterburg gubernatori kubogini qo‘lga kiritdi