Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.01.2018 16:42 Chop etish versiyasi

O'zbekiston - Ummon 1:0

O'zbekiston - Ummon 1:0 Xitoyda yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining “A” guruhida so‘nggi tur bahslari o‘tkazildi.

Uchinchi turda O‘zbekiston va Ummon, Xitoy hamda Qatar yoshlar terma jamoasi o‘zaro raqobatlashdi. Terma jamoamiz a’zolari Ummonga qarshi o‘tgan o‘yinning 36-daqiqasida raqib darvozasiga keskin hujum uyushtirdi. Zabixillo O‘rinboyev va Rustamjon Ashurmatov tepgan to‘pi ummonlik Tani Al Rushaidiga tegib darvozaga kirib ketdi. Shu tariqa,o‘yin 1:0 hisobida yakunlandi.

Xitoy va Qatar o‘rtasidagi uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.

photo_2018-01-15_16-16-36.jpg

Guruhda uch g‘alabaga erishgan qatarliklar 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa 6 ochko bilan chorak finalga yo‘l oldi.

photo_2018-01-15_16-16-07.jpg

Javohir Toshxo'jayev, O'zA
6 818