Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.05.2018 11:07 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Eronga yo‘l oladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Eronga yo‘l oladi Shu yilning 19 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tehronda Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida oldin xabar berilgan.

Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi bo‘lgan Eron bilan bo‘ladigan o‘yin navbatdagi katta musobaqalar oldidan futbolchilarimiz uchun tajriba maktabi vazifasini o‘tab berishi aniq.

Ushbu o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga legioner futbolchilar jalb etilmaydi va asosan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yosh futbolchilar xizmatidan foydalaniladi.

Milliy terma jamoa murabbiylar shtabi tomonidan Eron bilan bo‘ladigan o‘yinga quyidagi nomzodlar tanlab olindi:

Darvozabonlar:

Umidjon Ergashev – “Nasaf”

Botirali Ergashev – “Navbahor”

Rahimjon Davronov – “Mash’al”

Himoyachilar:

Rustamjon Ashurmatov – “Bunyodkor”

Islomjon Qobilov– “Bunyodkor”

Akramjon Komilov – “Bunyodkor”

Doston Tursunov – “Neftchi”

Hojiakbar Alijonov – “Paxtakor”

Abbosjon Otaxonov – “Metallurg”

Doniyor Narzullayev – “Nasaf”

Yarim himoyachilar:

Odiljon Hamrobekov – “Nasaf”

Azizjon G‘aniyev – “Nasaf”

Javohir Sidiqov – “Qo‘qon 1912”

Azizbek Turg‘unboyev– “Navbahor”

Jasur Yaxshiboyev– “Paxtakor”

Jaloliddin Masharipov– “Paxtakor”

Islom Kenjaboyev – “Nasaf”

Xurshid G‘iyosov– “Bunyodkor”

Sardor Sobirxo‘jayev– “Bunyodkor”

Hujumchilar:

Zabihillo O‘rinboyev – “Metallurg”

Andrey Sidorov – “Qizilqum”

Terma jamoamiz Eron safariga bugun tunda jo‘nab ketadi.

O'zA
2 143