Namanganda slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining dastlabki bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan, Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan 100 dan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Katta Farg‘ona kanali havzasida o‘tkazilgan musobaqaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yakkalik bahslarida poytaxtlik Alibek Temirgaliyev, Jonibek Temirgaliyev, Ismoil Abdumannopov, Ramil Kirpichev, Aziz Sog‘indiqov va namanganlik Barkamol Mirzahamdamov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Juftliklar o‘rtasida kanoeda eshkak eshishda Toshkent shahri vakillari aka-uka Alibek va Jonibek Temirgaliyev juftligi g‘olib bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda ikkinchi o‘rinni Namangan viloyatidan Shohrux Shamsiboyev va Shahrizod Valijonov juftligi, uchinchi o‘rinni Toshkent viloyati jamoasidan Aziz Sog‘indiqov va Mirodil Bozorboyev egalladi.

Mamlakat kubogining navbatdagi bosqichi 20-26-iyun kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston kubogining dastlabki bosqichi