Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.03.2017 14:09 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston – BAA: 5:0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi "Osiyo kubogi – 2018" musobaqasining saralash bosqichiga puxta hozirlik ko‘rmoqda.

Ayni paytda Dubay shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashayotgan terma jamoamiz a’zolari Birlashgan Arab Amirliklari ayollar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdi. Dastlabki uchrashuvda futbolchilarimiz 8:1 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.

Ikkinchi o‘yinda ham Sherali Boboqulov shogirdlari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. O‘zbekiston futbol federatsiyasidan ma’lum qilishicha, mazkur bahsda futbolchilarimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. Terma jamoamiz gollariga Mahliyo Sarikova, Liana Norbekova, Lyudmila Karachik, Dildora Nozimova, Mahfuza Turopova mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi "Osiyo kubogi – 2018" musobaqasining saralash bosqichida “B” guruhidan joy olgan bo‘lib, Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar terma jamoalari bilan bahslashadi. Saralash bosqichi uchrashuvlari 3-11 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
1 055






Все о погоде - Pogoda.uz