Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.02.2018 19:09 Chop etish versiyasi

O‘FAning rais o‘rinbosari o‘zgardi

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmatidan xabar qilishlaricha, 2018 yil 1 fevral kuni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasida O‘FA raisi A.Ramatov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda 2018 yil 25 yanvar sanasida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari Konferensiyada bayon qilingan masalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Konferensiyada O‘FA raisining o‘rinbosari etib tayinlangan Sherzod Toshmatov sportning boshqa sohasida o‘ta bandligi, unga ishonilgan yangi joyda ishlashi uchun vaqt yetishmasligi tufayli o‘z arizasiga binoan rais o‘rinbosari lavozimidan ketdi.

Uning o‘rniga esa “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi Sagdullayev Fazlitdin Fatxullayevich tayinlandi.

O'zA
6 800