Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 16:31 Chop etish versiyasi

Nukusda ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi foydalanishga topshirildi

Nukusda ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi foydalanishga topshirildi Nukusda yangi sport majmuasi – Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, ayniqsa, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

12.jpg

8.jpg

Erkin va yunon-rum kurashi, o‘zbek jang san’ati, boks, qilichbozlik singari sportning 11 turi bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan yangi sport majmuasini bunyod etish uchun 15 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan 7 sport zali, 20 o‘rinli yotoqxona, oshxona, mashg‘ulotlar uchun sun’iy qoplamali sport maydonchalarida 700 dan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanishi mumkin.

– Yangi sport majmuasida sportchilar va murabbiylar uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Jamila Boymurodova. – Bunday zamonaviy sharoitlarda toblangan yoshlarimiz xalqaro musobaqalarda yanada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
1 046






Все о погоде - Pogoda.uz