Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 14:27 Chop etish versiyasi

Nigina Abduraimova xalqaro turnir g‘olibi

Gruziyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan musobaqada iste’dodli sportchimiz Nigina Abduraimova yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro turnirda Nigina rossiyalik Polina Monova, Yana Sizikova, Polina Leykina hamda slovakiyalik Viktoriya Kuzmovani mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Musobaqaning final bahsida N.Abduraimova Anna Kalinskayaga (Rossiya) qarshi kortga chiqdi. Nigina bahsning birinchi setini 3:6 hisobida boy bergan bo‘lsa-da, ikkinchi va uchinchi setlarda 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa Nigina Abduraimova musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 071






Все о погоде - Pogoda.uz