Osiyo chempionlar ligasining to‘rtinchi turida “Nasaf” safarda “Al Sadd”ga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida o‘tkazilgan o‘yinning uchinchi daqiqasida tajribali ispaniyalik futbolchi Xavi hisobni ochgan bo‘lsa, Abdulkarim Hasan 15-daqiqada “Al Sadd” jamoasini 2:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga 2 daqiqa qolganda Bag‘dod Bunedja “Nasaf” darvozasiga uchinchi golni kiritdi.

Ikkinchi bo‘limning 70-daqiqasida Jugurta Hamrun o‘z hisobiga gol yozdirdi va jamoasining yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

“C” guruhining ikkinchi o‘yini Dubay shahrida “Al-Vasl” (BAA) va “Persepolis” (Eron) jamoalari o‘rtasida o‘tdi. Mazkur uchrashuvning 37-daqiqasida Kamal Kamyabiniyaning yagona goli “Persepolis”ga muhim uch ochkoni keltirdi.

To‘rtinchi turdan so‘ng ushbu guruhda “Al Sadd” va “Persepolis” jamoalari 9 ochko toplagan holda birinchi va ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi. “Nasaf” klubi 6 ochko bilan uchinchi pog‘onada borayotgan bo‘lsa,“Al-Vasl” hali bir ochko ham jamg‘ara olmadi.

Osiyo chempionlar ligasining beshinchi turi 2 aprel kuni o‘tkaziladi. Unda “Nasaf” o‘z maydonida “Persepolis”ni qabul qilsa, “Al Sadd” Qatarda “Al-Vasl”ni qabul qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nasaf” yirik hisobda yengildi