Qarshi shahridagi "Markaziy" stadion rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

"Nasaf" futbol klubining uchrashuvlari o‘tkaziladigan ushbu stadionning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, futbol ixlosmandlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ayniqsa, millionlar o‘yini bo‘lgan futbolning ommaviyligini yanada oshirish, futbol klublarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jahon talablariga javob beradigan zamonaviy stadionlar barpo etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari samarasida 21 ming tomoshabinga mo‘ljallangan ushbu stadionda muxlislar uchun barcha sharoit yaratilgan. Maydonga zamonaviy muhandislik-komunikatsiya vositalari o‘rnatilib, “Kentucky bluegrass” navli sifatli chim yotqizildi.

– Futbol stadioni juda zamonaviy va ko‘rkam qilib qayta qurilganidan muxlis sifatida g‘oyat xursand bo‘ldim, – deydi qarshilik Farhod Boymurodov. – Qarshida ham rivojlangan davlatlardagidan qolishmaydigan stadion barpo etilgani butun Qashqadaryo ahliga quvonch bag‘ishlash bilan birga, qalbimizni faxr-iftixorga to‘ldirdi. Yevropa klublari stadionini televizorda ko‘rib, havas qilar edik. Mana, endi bizning shahrimizda ham havas qilsa arzigulik stadion bor. Futbolchilarimiz endi shunga yarasha oliy liga uchrashuvlari va xalqaro miqyosda katta yutuqlarga erishib, muxlislarni xursand qiladi, deb ishonamiz.

Estrada xonandalari va yosh ijrochilar ishtirokida konsert namoyish etildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston kubogi chorak finalining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Nasaf” klubi “Qo‘qon – 1912” jamoasini yirik hisobda (4:1) mag‘lub etdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nasafning yangilangan stadioni