Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2017 12:43 Chop etish versiyasi

Namanganda qo‘l to‘pi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Namanganda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchi qizlari o‘rtasida qo‘l to‘pi bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdi. O‘z guruhida g‘olib chiqqan jamoalar bahslarni yarim final o‘yinlarida davom ettirdi.

Samarqand viloyati gandbolchilari Toshkent shahri terma jamoasini 30:26, namanganlik sportchilar esa andijonlik tengdoshlarini 32:29 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Final o‘yinlarida maydonga tushgan Namangan va Samarqand jamoalari o‘rtasidagi musobaqa 34:31 hisobida mezbon jamoa gandbolchi qizlari foydasiga hal bo‘ldi. Toshkent shahri jamoasi Andijon viloyati vakillarini 29:26 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chempionat shohsupasining uchinchi pog‘onasini egalladi.

G‘olib va sovrindorlar kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Akramjon Sattorov, O‘zA
1 986






Все о погоде - Pogoda.uz