Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2017 18:30 Chop etish versiyasi

“Sog‘lom avlod uchun” fondi kubogi uchun sport festivali boshlandi

“Sog‘lom avlod uchun” fondi kubogi uchun sport festivali boshlandi Poytaxtimizda “Nafosat olami” shiori ostida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi kubogi uchun VI sport festivali boshlandi​.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada jami 150 dan ortiq o‘g‘il-qiz suzish, sinxron suzish va sport raqsi bo‘yicha bahslashmoqda.

Tadbirning ochilishida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi raisi S.Inomova, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari F.Turdiyev va boshqalar mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘zining yuksak samaralarini berayotganini alohida ta’kidladi. Yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy sport majmualari barpo etilib, sport bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning har tomonlama sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ham yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, ular o‘rtasida turli musobaqalarni tashkil etish orqali o‘g‘il-qizlarning sportga qiziqishi, ishtiyoqini oshirishdan iborat.

Festivalning dastlabki kunida sportning suzish va sinxron suzish turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Sh.Muhamedov, Ya.Yakimchuk, M.Mirzohidov, A.Hakimov, A.Qirg‘izboyev, A.Qurbonov, A.Ne’matova, B.Majidova, E.Ibrohimova, Z.Vohidova, M.Jumaboyeva, L.Orifjonova, M.Jo‘rayeva singari yosh sportchilarning chiqishlari hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Bayram Aytmurodov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
487






Все о погоде - Pogoda.uz