Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.04.2017 18:33 Chop etish versiyasi

Nafis sport turi qizlar o‘rtasida ommalashmoqda

Nafis sport turi qizlar o‘rtasida ommalashmoqda Urganch shahrining Yoshlik massivida joylashgan zamonaviy sport majmuasi badiiy gimnastikaga ixtisoslashgan bo‘lib, 270 ga yaqin qiz nafis sport turi bo‘yicha mahorat sirlarini egallamoqda.

— Jismoniy tarbiya, musiqa va xoreografiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan badiiy gimnastika qizlar orasida ommalashib bormoqda, - deydi murabbiya Gulyor Qodirova.— Hozirda mashg‘ulotlarimizga 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan qizlar jalb qilingan. Ayni paytda shogirdlarimiz joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan respublika musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shonazar Qoriyev (surat), O‘zA
1 700






Все о погоде - Pogoda.uz