O‘zA O`zbek

16.06.2018 14:56 Chop etish versiyasi

Mundial kundaligi: Bugun eng qiziqarli bahslar

Mundial kundaligi: Bugun eng qiziqarli bahslar
Bugun “S” va “D” guruhidagi barcha termalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Birinchi o‘yin “S” guruhi vakillari Fransiya va Avstraliya o‘rtasida o‘tadi.

O‘yinning bosh hakami Andres Chunha. Uchrashuv Kazan arenada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ikkinchi o‘yinda esa “D” guruhidagi termalar kuch sinashadi. Unda Messi va jamoadoshlari Islandlarni imtihondan o‘tkazishadi.

Bosh hakam Simon Marchinyak. O‘yin 18:00 da Spartak stadionida boshlanadi.

Soat 21:00dan boshlab “S”dagi ikkinchi o‘yin Peru hamda Daniya termalari uchrashuvini tomosha qilishingiz mumkin. O‘yin Saranskdagi Mordoviya arenada bo‘lib o‘tadi. Bosh hakam Gassama Bakari.

“D” guruhidagi eng qiziqarli o‘yin hisoblanayotgan Xorvatiya hamda Nigeriya o‘yini tungi soat 0:00ga belgilangan.

Kaliningradda o‘tkaziladigan ushbu o‘yinga Sandro Richchi boshchiligidagi hakamlar guruhi tayinlangan.

Hozir FIFA ushbu o‘yin uchun taqdim etgan tahminiy tarkiblarni havola etamiz.

Xorvatiya: Daniyel Subashich, Shime Vrsalko, Domogoy Vida, Deyan Lovren, Ivan Strinich, Luka Modrich, Ivan Rakitich, Ivan Perishich, Andrey Kramarich, Ante Rebich, Mario Mandjukich.
Bosh murabbiy: Zlatko Dalich

Nigeriya: Frensis Uzoho, Brayan Idovu, Abdulloh Shehu, Kannet Omeru, Uilyam Troost-Ekong, Vilfred Ndidi, Ogenekaro Etebo, Viktor Mozes, Aleks Ivobi, Jon obi Mikel, Odion Igalo
Bosh murabbiy: Gernot Ror

O‘zA
2 952