O‘zA O`zbek

13.06.2018 17:36 Chop etish versiyasi

Mundial boshlanishiga bir kun qoldi

Mundial boshlanishiga bir kun qoldi
Yer yuzi aholisining har uchtadan bittasi ushbu chempionatni intizorlik bilan kutyapti.

Ertadan boshlab jahon ommaviy axborot vositalari uchun qaynoq xabarlar nuqtasi Rossiyaga ko‘chadi. Boisi hammamizga ma’lum. Musobaqa ayiqlar o‘lkasida ilk marotaba o‘tkazilayotgani ham ko‘pchilikka ayon. Barcha davlatlar terma jamoalari o‘z uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan shaharlarga kelib o‘rnashib bo‘lishdi. Shuningdek, hakamlar brigadasi ham mundialga tayyor. Ayni vaqtda ushbu turnirda yurtdoshimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Bundan bir hafta oldin FIFAning rasmiy sayti hamyurtimizning mundiallardagi ishtiroki va navbatdagi jahon chempionatida rekord o‘rnatishi mumkinligini alohida e’tirof etgandi.

Yer yuzi aholisining har uchtadan bittasi ushbu chempionatni intizorlik bilan kutyapti.

Odamlarning sog‘inchiga sabab bo‘lgan ushbu musobaqa Rossiyaning 11 ta shaharida joylashgan 12 ta muhtasham stadionida bo‘lib o‘tadi. Ertangi ochilish marosimida mezbonlar Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqishadi. Ushbu o‘yin hamda 15 iyul kuniga rejalashtirilgan final o‘yini Moskvadagi “Lujniki” stadionida o‘tkaziladi. Musobaqa to‘liq ravishda Respublikamizdagi “UzReport TV” hamda “Futbol TV” telekanallari orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan. Ochilish o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanishi nazarda tutilgan.

Hozir termalar o‘rin olgan guruhlar hamda jamoalarning uchrashuvlari o‘tkaziladigan shaharlarni yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz.

“A” guruhi. Rossiya, Misr, Urugvay, Saudiya Arabistoni.

Shaharlar: Moskva, Yekaterinburg, Sankt-Peterburg, Rostov, Samara, Volgograd.

“B” guruhi. Portugaliya, Ispaniya, Eron, Marokash

Shaharlar: Sankt-Peterburg, Sochi, Moskva, Kazan, Saransk, Kaliningrad.

“C” guruhi. Fransiya, Daniya, Avstraliya, Peru

Shaharlar: Kazan, Saransk, Yekaterinburg, Samara, Moskva, Sochi.

“D” guruhi. Xorvatiya, Islandiya, Argentina, Nigeriya

Shaharlar: Moskva, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Volgograd, Sankt-Peterburg, Rostov.

“E” guruhi. Shvetsariya, Serbiya, Braziliya, Kosta-Rika

Shaharlar: Samara, Rostov, Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Moskva, Nijniy Novgorod.

“F” guruhi. Germaniya, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Meksika

Shaharlar: Moskva, Nijniy Novgorod, Sochi, Rostov, Kazan hamda Yekaterinburg.

“G” guruhi. Angliya, Belgiya, Tunis, Panama

Shaharlar: Sochi, Volgograd, Moskva, Nijniy Novgorod, Kaliningrad, Saransk.

“H” guruhi. Polsha, Kolumbiya, Yaponiya, Senegal

Shaharlar: Moskva, Saransk, Yekaterinburg, Kazan, Volgograd, Samara.

uza.uz saytini kuzatib boring. Mazkur musobaqaga oid qiziqarli xabar va yangiliklar, o‘yinlar taqvimi bilan tezkor tanishib borishingiz mumkin.

Shohrux No‘monov, O‘zA
4 102