Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.07.2018 10:00 Chop etish versiyasi

Mundial-2018: Olim Arifov komissar sifatida oltinchi o‘yinini o‘tkazadi

Mundial-2018: Olim Arifov komissar sifatida oltinchi o‘yinini o‘tkazadi
FIFA vatandoshimizga navbatdagi o‘yinni ham ishonib topshirdi.
Rossiya maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatida komissar sifatida ishlayotgan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, FIFA va OFK komissari Olim Arifov shu kunga qadar Jahon chempionatida beshta o‘yinda komissar sifatida ishlab, JCH mutasaddilarida o‘zbekistonlik mutaxassisga nisbatan ishonchni oqlab kelmoqda. Hamyurtimiz guruh bosqichidan o‘rin olgan to‘rtta o‘yin ( Kosta-Rika – Serbiya, Daniya – Avstraliya, Urugvay – Rossiya, Senegal – Kolumbiya), nimchorak finalda bitta (Braziliya - Meksika) uchrashuvda ishladi. 
Arifov chorak finaldan o‘rin olgan Shvetsiya - Angliya o‘yinida komissarlik qiladigan bo‘ldi. 
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv 7-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Oybek Yunusov, O'zA
2 286