O‘zA O`zbek

15.04.2019 15:12 Chop etish versiyasi

Manuel Noyer yana jarohat oldi

Manuel Noyer yana jarohat oldi

Myunxenning "Bavariya" klubi posboni Manuel Noyer Bundesliganing 29-turidan o‘rin olgan “Fortuna”ga qarshi bahsda jarohat olib, 53-daqiqada zaxiraga olindi.

Klub shifokorlari 33 yoshli darvozabonning jarohati haqida to‘xtalib o‘tishmadi, biroq, ular kamida 2 hafta mobaynida maydonga tusha olmasligini tasdiqladi. Shuningdek, "Bavariya" markaziy himoyachisi Mats Xummels ham sonidan olgan jarohati bois, bir necha mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Noyer joriy mavsum Bundesligada jami 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 22ta gol o‘tkazib yubordi.

Javohir Toshxo‘jaev, O‘zA
308