Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.04.2017 13:19 Chop etish versiyasi

Mamlakatimizning eng kuchli atletlari aniqlandi

Toshkent shahridagi “Shifokor” stadionida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda ikki yuzdan ortiq atlet g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Chempionatning disk uloqtirish bahsida Odil Komilov, Maksim Mutasov, Obid Urishev, Yahyo Turg‘unov o‘z yosh toifalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xotin-qizlar bahsida Svetlana Proshkina, Jumagul Parpiyeva, Rigina Adashboyeva, Valeriya Madaminova g‘olib deb topildi.

Nayza uloqtirish bo‘yicha Ivan Zaytsev, Aleksandr Svechnikov, Umidjon Egamov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Anastasiya Svechnikova, Sanobar Erkinova hamda Zebo Kamoliddinova xotin-qizlar o‘rtasida mamlakat chempioni bo‘ldi.

Bosqon uloqtirish bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jalolxon Tillavoldixo‘jayev va Anastasiya Aslandu, yoshlar o‘rtasida Shermuhammad Musulmonov va Asalxon Muxtorova, o‘smirlar o‘rtasida Umid Hasanov va Tatyana Normatovaga teng keladigani topilmadi.

Balandlikka va uzunlikka sakrash bo‘yicha bahslarda Dmitriy Melsitov, Ivan Denisov, Nadiya Do‘sanova, Oksana Molchanova g‘alaba qozondi. Yadro uloqtirish bo‘yicha Sergey Dementev va Sofiya Burhonova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
858






Все о погоде - Pogoda.uz