19 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yilda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bahslariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Qatarda o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga Aleksandr Mochinov ustozlik qilmoqda. Yosh futbolchilarimiz qit’a chempionatining “B” saralash guruhida Tojikiston, Shri-Lanka, Maldiv orollari va Bangladesh vakillari bilan bahslashadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi qaroriga binoan joriy yil 30-oktabr – 8-noyabr kunlari bo‘ladigan saralash o‘yinlariga Tojikiston mezbonlik qiladi.

A.Mochinov boshchiligidagi murabbiylar guruhi jamoaga munosib futbolchilarni saralash uchun ellik nafardan ziyod iqtidorli yosh futbolchini bir necha bosqichdan iborat o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida sinovdan o‘tkazdi. Har tomonlama o‘zini ko‘rsatgan yigirma bir futbolchi Qatarda tashkil etilgan yig‘inga jalb qilindi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasidan xabar qilinishicha, Doxa shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Qatar yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida vakillarimiz raqiblarini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Islom Kenjayev, Jahongir Abdusalomov, Dilshod Saidov va Asadbek Sobirjonov mualliflik qilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mamlakatimiz yosh futbolchilari qatarlik tengqurlari ustidan g‘alaba qozondi