Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 17:10 Chop etish versiyasi

Mahoratli murabbiya

Mahoratli murabbiya Samarqand shahridagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1 ming 300 dan ziyod o‘g‘il-qiz badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi va trampolin sporti bilan zamonaviy sharoitlarda shug‘ullanmoqda.

Valeriya Grudnyak 2005-yildan buyon ushbu maktabda yoshlarga badiiy gimnastika sirlarini puxta o‘rgatib kelayotgan mahoratli murabbiyalardan. Uning shogirdlari orasidan turli yosh toifasida sakkiz nafar O‘zbekiston chempioni yetishib chiqqan. 2016-yili mamlakat chempionatida sport ustasi talabini bajargan Kseniya Aleksandrova ham uning qo‘li ostida mahorat oshirgan.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
1 995






Все о погоде - Pogoda.uz