Mahallaning sportchi yoshlari kuch sinashmoqda
Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi mahallalarda yoshlar va voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida sportning futbol, stol tennisi, shaxmat hamda shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi mahallalarda yoshlar va voyaga yetmagan bolalar o‘rtasida sportning futbol, stol tennisi, shaxmat hamda shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va Yoshlar ittifoqining Mirobod tumani bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 400 dan ortiq havaskor sportchi g‘oliblik uchun kurashmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida elimiz suygan xonandalarning kuy-qo‘shiqlari, yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari ishtirokchilarga quvonch ulashdi.