O‘zA O`zbek

12.07.2019 19:54 Chop etish versiyasi

Lutfullayev va Ahadov Budapeshtda bronza medali uchun kurashadi

Lutfullayev va Ahadov Budapeshtda bronza medali uchun kurashadi

Bugun Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi nufuzli xalqaro turnirga start berildi.

Quvonarlisi, musobaqaning dastlabki kungi bellashuvlari hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Yana birozdan keyin sportchilar kechki dasturda medallar uchun bahslarga kirishadi. Eʼtiborlisi, ular safida ikki nafar vakilimiz bronza medali uchun tatamiga tushadi. 

Jumladan, vazni 60 kg.gacha boʻlgan polvonlar oʻrtasida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullayev bronza medali uchun Xitoy Taypeyi vakili Yung Vei Yanga qarshi bahs olib borsa, 66 kg.gacha vazn toifasidagi atletimiz Shahram Ahadov esa isroillik Tal Fliker bilan bellashadi.

Har ikki vakilimiz yarim finalgacha boʻlgan yoʻlni munosib tarzda bosib oʻtdi, biroq final ostonasida ularning ikkisi ham moʻgʻulistonlik raqiblariga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Agar dzyudochilarimiz bugun kechki dasturdagi bellashuvlarda gʻalaba qozonsa, Gran-pri turnirining bronza medali bilan birga Tokio-2020 yozgi olimpiadasi uchun qimmatli 350 reyting ochkosini ham qoʻlga kiritadi.

OʻzA
832