Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 07:00 Chop etish versiyasi

Luis Suaresning yagona goli “Barselona”ga g‘alaba keltirdi

Luis Suaresning yagona goli “Barselona”ga g‘alaba keltirdi Ispaniya kubogi yarim finalida “Barselona” va “Valensiya” jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.

“Kamp Nou” stadionida o‘tkazilgan bahsning birinchi uchrashuvida “Barselona” raqib jamoani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindagi yagona golga 67-daqiqada Luis Suares mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” va “Barselona” o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv 8-fevral kuni “Mestalya”stadionida o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
7 046