“Lokomotiv” yana mag‘lubiyatga uchradi
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi to‘rtinchi turida Qatarning “Al Duhayl” klubiga qarshi maydonga chiqdi.
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z maydonida Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi to‘rtinchi turida Qatarning “Al Duhayl” klubiga qarshi maydonga chiqdi.“Lokomotiv” va “Al Duhayl” jamoasi o‘rtasidagi bahsning 35-daqiqasida Shuhrat Muhammadiyevning to‘p uzatmasidan unumli foydalangan Sardor Rashidov raqib darvozasiga gol urib, hisobni ochdi. Shu tariqa birinchi bo‘limda “temiryo‘lchi”lar 1:0 hisobida g‘olib holda tanaffusga chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. O‘yinning asosiy vaqtiga bosh hakam Kimura Hiroyuki (Yaponiya) 5 daqiqa qo‘shib berdi. Qo‘shimcha vaqtning birinchi daqiqasida Al Arabi penaltidan unumli foydalangan bo‘lsa, 4-daqiqada yana bir bor “Lokomotiv” darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasining 1:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa “Lokomotiv” va “Al Duhayl” o‘rtasidagi uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng,“Al Duhail” “V” guruhida 12 ochko to‘plagan holda birinchi pog‘onadagi o‘rnini yanada mustahkamladi.