Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.04.2017 19:33 Chop etish versiyasi

"Lokomotiv" o‘z maydonida durang o‘ynadi

"Lokomotiv" o‘z maydonida durang o‘ynadi Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi to‘rtinchi turi doirasida Eronning "Istiqlol" klubini qabul qildi.

“A” guruhidagi mazkur o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq hujumga e’tibor qaratgan "Lokomotiv" a’zolari 13-daqiqada hisobni ochdi. Ushbu golga Marat Bikmayev mualliflik qildi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan ikkinchi bo‘limning 87-daqiqasida "Istiqlol" jamoasi a’zosi Kaveh Rezoyi hisobni tenglashtirdi - 1:1.

"Lokomotiv" jamoasi 25-aprel kuni o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuvda Saudiya Arabistonining "Al-Taavon" klubi mehmoni bo‘ladi.

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA
331






Все о погоде - Pogoda.uz