Turkiyaning Istanbul shahrida kurash bo‘yicha o‘tkazilgan XI jahon chempionatida dunyoning 50 mamlakatidan kelgan polvonlar 15 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 10 oltin, 6 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

78 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Kumush Yo‘ldosheva final bahsida rossiyalik Aleksandra Vlasovani mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yurtdoshlarimizdan Dildor Shermatova, Mohinur Mo‘minova, Gulnor Sulaymonova, Rahima Yo‘ldosheva, Kamoliddin Rasulov, Shuhratjon Arslonov, Muhsin Hisomiddinov, Shahram Ahadov va Davlat Abrayev birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada Ilhom Jo‘rayev, Muhriddin Qurbonov, Malohat Ro‘ziyeva, Oysuluv Abdumajidova, Omongul Allanazarova, Mohinur Pirnazarova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Jahon chempionatining bronza medali Gulmira Ismatova, Gavhar Xudoyqulova, Maftuna Esonova, Rinata Ilmatova, Begam Boyimova kabi iqtidorli sportchilarimizga nasib qildi.

Jahon chempionati doirasida Kurash xalqaro assotsiatsiyasining XVII Kongressi o‘tkazildi. Unda Afrika, Osiyo va Okeaniya, Yevropa va Amerika qit’alari kurash konfederatsiyalari rahbarlari kurashni yanada ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan hisobot berdi. Fransiya, Indoneziya, Bangladesh, Malayziya va Shri Lanka kurash federatsiyalari Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga a’zolikka qabul qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kurashchilarimiz jahon chempionatida 10 oltin, 6 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi