O‘zA O`zbek

19.09.2018 12:47 Chop etish versiyasi

Kikboksing boʻyicha besh karra Yevropa chempioni oʻz uyida jonsiz topildi. Aslida nima boʻlgan edi?

Kikboksing boʻyicha besh karra Yevropa chempioni oʻz uyida jonsiz topildi. Aslida nima boʻlgan edi?

Kikboksing boʻyicha Yevropaning besh karra chempioni, rossiyalik Diana Karateyeva 16-sentabr kuni Abakan shahridagi oʻz uyida jonsiz holda topilgani haqida turli xabarlar tarqalgan edi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning vafot etishiga uglerod oksididan zaharlanish sabab boʻlgan. Marhumaning onasi Olga Karateyevaning aytishicha, Diana ovqatlanish uchun gazni yoqib, uxlab qolgan. Oradan maʼlum vaqt oʻtib, uygʻongach esa xonadan chiqishga kuch topa olmay, vafot etgan.

23 yoshli Diana bir qator xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan edi.

OʻzA
2 827