Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 12:50 Chop etish versiyasi

Kartingchilar musobaqasi

Kartingchilar musobaqasi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida karting bo‘yicha viloyat kubogi 1-bosqich ochiq musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqada tumanlar va Namangan shahridan, shuningdek, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan 70 dan ziyod sportchi qatnashdi.

Umumjamoa hisobida Uychi tuman o‘quv sport-texnika klubi jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Yangiqo‘rg‘on tumani jamoasi ikkinchi, Mingbuloq tumani sportchilari esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
1 624






Все о погоде - Pogoda.uz