Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2018 20:20 Chop etish versiyasi

Kartingchilar bellashuvi

Kartingchilar bellashuvi Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida karting bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

1.jpg

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqada mezbonlar bilan birga, Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va poytaxtdan kelgan sportchilar bellashdi.

7.jpg

8.jpg

Poygalarda barcha raqiblarini ortda qoldirgan Amir Hamdamov, Bogdan Ustinov, Lochin Erkaboyev, Toirjon Qosimov, Islom Ismoilov, Ahmadjon Egamberdiyev, Sherali Abdullayev, Vyacheslav Shipkov o‘z yosh toifasida g‘olib bo‘ldi.

9.jpg

11.jpg

Umumjamoa hisobida Namangan viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent shahri sportchilari ikkinchi, andijonlik kartingchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
2 626