Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.06.2018 11:33 Chop etish versiyasi

KARATE: Oltin va kumush yana takrorlanadimi?

KARATE: Oltin va kumush yana takrorlanadimi?
Istanbuldagi xalqaro turnirning avvalgi seriyasida hamyurtlarimiz oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi, o‘shanday imkoniyat bu gal ham qo‘ldan chiqarilmasligi lozim.

O‘zbekiston karate federatsiyasiga yangi rahbar, aniqrog‘i, sohaning sobiq yetakchisi Nurxon Nafasov yana rahbar bo‘lib tayinlangach ushbu sport turida keskin ilohotlar boshlanib ketdi.

Joylarda ishlamay qo‘ygan hududiy federatsiyalar yana jonlandi, aniq rejalar belgilandi. Karatechilarimizning islohotlar ostidagi dastlabki safari Turkiyaga amalga oshirildi.

Bugun ushbu mamlakatda “Premier League” deb nomlangan yirik xalqaro turnir start oladi.

Ushbu turnir yurtdoshlarimiz uchun begona emas. Shu yilning aprel oyida “Premier League” seriyasidagi musobaqalarning so‘nggisi Marokashning Rabot shahrida o‘tkazilgan va unda Sadriddin Saymatov oltin, Dostonbek Otabolayev esa kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

B ugalgi turnirda ishtirok etuvchi terma jamoamiz tarkibini quyidagilar tashkil etishmoqda:

Erkaklar:

-60kg.: Sadriddin Saymatov

-67kg.: Sanjar Abdukarimov

-67kg.: Iqbol Uzoqov

-75kg.: Doston Otabolayev

Ayollar:

-50kg.: Bahriniso Babayeva

-61kg.: Barno Mirzayeva

Terma jamoamizga Dilnoza Bakirova va O‘ktam Bekpo‘latov murabbiylik qilishmoqda.

Oybek Yunusov, O‘zA
2 004