O‘zA O`zbek

01.03.2018 15:43 Chop etish versiyasi

Kadetlarimiz Yevropa ochiq turnirida ishtirok etadi

Turkiyaning Antaliya shahrida 3-4 mart kunlari kadetlar o‘rtasida Yevropa ochiq turniri bo‘lib o‘tadi.

Unda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan kelgan 400 nafarga yaqin polvonlar o‘zaro raqobatlashadi.

Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Halimajon Qurbonova, Nilufar Egamberdiyeva hamda Farangiz Xolmuradova qizlar o‘rtasida himoya qilsa, o‘g‘il bolalar bellashuvida Maqsad Ochilov, Jayhun Nazarov va Timur Hojiyev ishtirok etadi.

Mazkur turnir joriy yilning oktabr oyida Argentinaning Buenos-Aires shahrida o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beruvchi ballarni taqdim etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
5 265