O‘zA O`zbek

02.07.2018 21:10 Chop etish versiyasi

Jomboylik aka-uka “Real Madrid”ga chaqirildi

Jomboylik aka-uka “Real Madrid”ga chaqirildi
Jomboy tumanidagi O‘rtabo‘z mahallasida istiqomat qiluvchi Shuhratjon va Shohjahon Mamatovlar bir necha yillardan beri tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida futbol bilan shug‘ullanishadi.

Aka-ukalar mehnat faxriysi Ivan Kostrikin tashkil etgan tuman yoshlar futbol jamoasi tarkibida sport sirlarini o‘rganishmoqda. Jamoa yaqinda Bolgariyada o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

– Quvonarlisi, xalqaro musobaqada ishtirok etgan “Real Madrid” futbol klubi mutaxassislari jamoamizga alohida e’tibor qaratishdi, – deydi murabbiy I.Kostrikin. – Ayniqsa, Shuhratjon va Shohjahonning o‘ziga xos o‘yin uslubi e’tirof etildi. Musobaqa yakunida bu ikki yosh sportchilarimiz “Real Madrid” futbol klubi qoshidagi xalqaro sport maktabida o‘qishga taklif qilindi. Ayni kunlarda ularning safar hujjatlari tayyorlanmoqda.

Orifjon Odilov, Sohib Sayfullayev (foto)
9 511